17.09.2026

ADM Global va Kia Corporation Anglashuv memorandumini imzoladi

ADM Global va Kia Corporation Anglashuv memorandumini imzoladi

ADM Global bosh direktori Daniyar Davletiyarov va Kia Corporation katta vitse-prezidenti Cho Sangin tomonlarning avtomobilsozlik sanoatida uzoq muddatli va samarali hamkorlikni rivojlantirish niyatlarini mustahkamlovchi Anglashuv memorandumini imzoladilar.

Imzolash marosimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi, unda davlat rahbari Kia Motors katta vitse-prezidenti Cho San Un bilan uchrashuv o‘tkazdi va kompaniyaning O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini yuqori baholadi.

ADM Global va Kia Corporation o‘rtasida imzolangan memorandumning asosiy bandi ADM Jizzakh’da yangi Kia Seltos (SP3) modelini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘ldi. Tomonlar, shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan Kia avtomobillari uchun avtomobil komponentlarini mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish niyatida. Bu mahalliy ishlab chiqarish ulushini oshirish va sohaning texnologik bazasini mustahkamlash imkonini beradi.

Memorandum, shuningdek, ADM Global xodimlarining malakasini oshirish dasturlarini tashkil etish orqali tajriba almashish va kadrlar salohiyatini rivojlantirishni nazarda tutadi. Muhandislar bevosita Kia ishlab chiqarish quvvatlarida tegishli treninglardan o‘tadilar, bu esa ishlab chiqarish va sifat standartlarini yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi.

Memorandumning amalga oshirilishi O‘zbekiston avtomobil sanoatini rivojlantirish, Kia modellar turkumini kengaytirish va mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlashda navbatdagi qadam bo‘ladi.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish