- Bosh sahifa
- Kompaniyalar guruhi
- Zavodi yangiliklari
15.09.2026
Shavkat Mirziyoyev ADM Jizzakh’da Kia Sonet Prime ishlab chiqarishi va presslash sexini ishga tushirdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seulda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Koreya biznes-forumi chog‘ida Kia Sonet Prime modelini ishlab chiqarishga start berdi, shuningdek, ADM Jizzakh presslash sexi faoliyatini ishga tushirdi.
Davlatimiz rahbari Forumdagi nutqi chog‘ida Koreya O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti va alohida strategik sherigi ekanini alohida qayd etdi. Shavkat Mirziyoyev koreyalik ishbilarmonlarga yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, texnologiya va infratuzilmani rivojlantirishga investitsiya kiritishni taklif qildi. Prezident, shuningdek, “yig‘uv ishlab chiqarishidan to‘liq siklli zamonaviy klasterlarga o‘tishni strategik vazifa” ekanini ta’kidladi. Maqsad – O‘zbekistonni hududning asosiy ishlab chiqarish, texnologik va eksport platformalaridan biriga aylantirishdan iborat.
ADM Jizzakh’da presslash sexining ishga tushirilishi bugungi kunda 40 foizdan ortiqni tashkil etuvchi mahalliylashtirishni oshirishda yangi bosqich hisoblanadi. Presslash sexida kuzovning 19 ta komponenti ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda, korxonaning ishlab chiqarish quvvati esa yiliga 120 ming to‘plamni tashkil etadi. Import o‘rnini bosish 92,5 million AQSH dollari, logistika sohasidagi tejamkorlik esa 45,2 million AQSH dollarini tashkil etadi. Ushbu loyihaga kiritilgan investitsiyalar miqdori 50 million AQSH dollaridan oshdi.
ADM Jizzakh’da yangi Kia Sonet Prime krossoverini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish avtomobil ishlab chiqaruvchining zamonaviy, sifatli va amaliy avtomobillar ishlab chiqarish yo‘nalishining davomidir. O‘zbekistonda ommabop bo‘lgan Sonet shahar krossoverining yangi modeli zamonaviy dizayn, kengaytirilgan raqamli imkoniyatlar va zamonaviy yuqori texnologiyali tizimlar kompleksini o‘zida aks ettiradi.