- Bosh sahifa
- Kompaniyalar guruhi
- Zavodi yangiliklari
24.08.2026
Chery kompaniyasi ADM Jizzakh zavodida o‘z gibrid texnologiyalarining ochiq sinovini o‘tkazdi
ADM Jizzakh zavodida Chery’ning gibrid texnologiyalari sinovdan o‘tkazildi. Jurnalist va blogerlarga batareyalarning yuqori haroratga bardoshligi namoyish etildi, shuningdek brend modellarining dinamikasi va salonidagi elektromagnit maydon tekshirildi. Media vakillari gibrid texnologiyalarning qanday ishlashini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish va ushbu toifaga mansub avtomobillar haqidagi ba’zi to‘qima tasavvurlarning asossizligiga ishonch hosil qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Gibrid va elektromobillar atrofidagi noto‘g‘ri tasavvurlardan biri shundan iboratki, bunday avtomobillardagi elektromagnit maydon go‘yoki ruxsat etilgan me’yordan oshib ketadi va inson salomatligiga zarar yetkazadi. Maxsus asboblar yordamida sinov ishtirokchilari Chery avtomobillaridagi maydon darajasini oddiy elektr asboblarning nurlanishi bilan solishtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Ikkala holatda ham uning darajasi ruxsat etilgan chegarada ekanligini namoyon etdi.
Chery mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, brend gibridlaridagi yuqori kuchlanishga ega simlar maxsus qoplama bilan qoplanib, izolyatsiya qilinadi, konstruksiyaning metall elementlari esa elektromagnit maydonning salonga tarqalishiga qo‘shimcha to‘siq bo‘lib xizmat qiladi.
Harakatga keltiradigan tortuvchi batareyalar haqidagi yana bir keng tarqalgan to‘qima – bu ularning 175–225 kg bo‘lgan og‘irligi haydash dinamikasiga ta’sir qilishi mumkinligi. Chery mutaxassislari gibridning pol qismi ostiga joylashtirilgan batareya massasining teng taqsimlanishi, aksincha, avtomobilga burilishlarda barqarorlikni saqlash va kuzovining burilish yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonga og‘ishining kamayishiga qanday yordam berishini aniq ko‘rsatib berishdi.
Sinovlarning yakuniy bosqichi sifatida batareyaning alangalanishi va hatto portlashi mumkinligi haqidagi to‘qima tasavvurlarning fosh etilishi bo‘ldi. Mazkur fobiyani olov bilan sinab ko‘rishdi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri poligonda batareyaga haddan tashqari issiqlik bilan ta’sir ko‘rsatildi. Natija ushbu to‘qimaning asossizligini namoyon etildi.
Chery vakillari harakatga keltiradigan tortuvchi batareya ichidagi jarayonlarni BMS boshqaruv tizimi kuzatib borishini aniq ko‘rsatib berishdi. U harorat, kuchlanish va boshqa parametrlarni nazorat qiladi. Agar harorat ruxsat etilgan chegaradan oshib ketsa, elektronika quvvatni cheklash, sovutish tizimini ishga tushirish, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda esa yuqori kuchlanishli konturni o‘chirish imkoniyatiga ega. Batareyaning faol suyuqlik yordamida sovutish tizimi ham qo‘shimcha o‘rin tutadi. Aynan bir nechta himoya darajalarining uyg‘unligi bitta nostandart vaziyatning zanjirli reaksiyani ishga tushirishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Chery’ning ochiq gibrid texnologiyalar sinovi ishtirokchilarining so‘zlariga ko‘ra, bunday tadbirlar avtomobil qay tarzda tuzilganligi haqida ko‘proq bilib olish va gibrid hamda elektromobillar atrofidagi ba’zi noto‘g‘ri tasavvurlarning asossizligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi.