- Bosh sahifa
- Kompaniyalar guruhi
- Zavodi yangiliklari
24.10.2025
ADM Global: O‘zbekiston avtosanoati rivojlanishining yangi yo‘nalishi
"Kelajak dvigatellari": gibridlar va yangi avlod sanoatiga bo'lgan e'tibor
Kia, Chery, Haval va Hyundai Truck & Bus avtomobil brendlarining rasmiy distribyutori bo'lgan ADM Global kompaniyalar guruhi O'zbekiston hukumati bilan CKD texnologiyalaridan foydalangan holda gibrid avtomobillar ishlab chiqarishga keng ko'lamli o'tishning boshlang'ich nuqtasi bo'ladigan investitsiya shartnomasini imzolashga tayyorlanmoqda.
Kompaniya strategiyasining asosiy elementi klassik Ichki yonuv dviagteli versiyasida ham, gibrid modifikatsiyasida ham bir xil modelni ishlab chiqarish imkonini beruvchi universal platforma bo'ladi.
ADM Global: miqyosi va tuzilishi
Bugungi kunda guruh tarkibiga 4500 dan ortiq xodimlar mehnat qiladigan 35 ta kompaniyalar kiradi.
Xususan, ADM Global kompaniyalar guruhiga O'zbekistondagi birinchi xususiy multibrendli avtomobil zavodi - ADM Jizzakh kiradi. Korxona zamonaviy CKD va SKD ishlab chiqarish quvvatlariga ega.
Bundan tashqari, ADM Global keng dilerlik tarmog'i (bugungi kunda 85 ta markazlar) va butun mamlakat bo'ylab mintaqaviy bo'linmalarini rivojlantirmoqda.
2025-yil yakunlariga ko'ra, kompaniya tovar aylanmasini 1,024 milliard AQSh dollarga prognoz qilmoqda, shu bilan birga mamlakat avtomobil bozorida barqaror ravishda ikkinchi o'rinni egallab kelmoqda.
ADM Globalning asosiy ko'rsatkichlari:
- O'zbekistonda avtomobil sotuvi hajmi bo'yicha 2-o'rinni egallaydi.
- Eng yirik xususiy soliq to'lovchilar TOP-10 taligiga kiradi.
- So'nggi 5 yil ichida avtosektorni investitsiyaviy rivojlantirish bo'yicha yetakchi hisoblanadi.
- 2014-yildan buyon bozorda; 2021-yildan beri 40 dan ortiq yangi modellar ishga tushirildi.
- Sotuv prognozi: 2025-yilda 45 ming dona, 2030-yilgacha 145 ming dona.
Strategik e'tibor: gibridlar, texnologiyalar, kadrlar
ADM Global ADM Jizzakh zavodida CKD ishlab chiqarishni rivojlantirish, quvvatlarni modernizatsiya qilish va kadrlar salohiyatini faol shakllantirishga e'tibor qaratmoqda.
2030-yilga borib xodimlar sonini 10 ming nafar kishilarga, mahalliylashtirish darajasini 50 foizga yetkazish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va adaptatsiya qilish uchun o'z R&D markazini tashkil etish rejalashtirilgan.
Gibrid yo'nalish ADM Global strategiyasining muhim qismiga aylanib ulgurdi. 2025-yilda O'zbekistonda birinchi Chery gibrid avtomobili - Arrizo 8 Hybrid ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi, shundan so'ng boshqa NEV modellari bosqichma-bosqich ishlab chiqariladi.
Investitsiyalar hajmi 190 million AQSh dollarga baholanmoqda, loyiha quvvati esa 2027-yilga kelib yangi energiya manbalarida yiliga 50 mingtagacha avtomobil ishlab chiqarish imkonini beradi.
Daniyar Davletiyarov, ADM Global bosh direktori:
"Biz gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqarishni rivojlantirish bo'yicha hukumat bilan investitsiya shartnomasining kelishish bosqichini yakunlayapmiz. ADM Global ishlab chiqarishga investitsiya kiritish, yangi ish o'rinlarini yaratish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va modellar qatorini kengaytirish bo'yicha aniq majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi. Hujjat allaqachon Investitsiyalar vazirligi bilan kelishilgan va Iqtisodiyot vazirligida yakuniy tasdiqlash bosqichlaridan o'tmoqda. Biz yaqin vaqt ichida jarayonni yakunlab, shartnomani rasman imzolashni kutmoqdamiz"
Hamkorlik va texnologik rivojlanish
2026-yildan boshlab ADM Global ADM Jizzakh zavodida barcha modellarni CKD texnologiyasi bo'yicha yig'ishni kengaytirish, yagona platformada gibrid versiyalarni ishga tushirish, shuningdek, Janubiy Koreya va Xitoydagi hamkorlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, kompaniya butlovchi qismlar ishlab chiqarishni rivojlantirmoqda va eksportni oshirmoqda.
2030-yilga borib tovar ayirboshlash hajmi 10,7 milliard AQSh dollarga, budjetga to'lovlar hajmi 1,06 milliard AQSh dollarga, eksport hajmi esa 220 million AQSh dollarga yetishi kutilmoqda.
Soha uchun ahamiyati
Investitsiya shartnomasini imzolash va gibrid avtomobillarni ishlab chiqarishga o'tish nafaqat ADM Global rivojlanishining yangi bosqichi, balki butun O'zbekiston avtosanoati uchun muhim qadamdir.
Loyiha quyidagilarga imkon beradi:
- ishlab chiqarishni lokalizatsiyalashtirishni jadallashtirish va mamlakatda yangi qo'shilgan qiymat zanjirlarini yaratish;
- minglab malakali ish o'rinlarini yaratish va turdosh tarmoqlarni rivojlantirishni rag'batlantirish;
- O'zbekistonni NEV sanoatining global jarayonlariga integratsiya qilish orqali avtomobil ishlab chiqarishning texnologik darajasini oshirish;
- uglerod izini kamaytirish va ekologik jihatdan mas'uliyatli transport tizimini shakllantirishga hissa qo'shish;
- barqaror va innovatsion o'sishga tayyorlikni namoyish etgan holda mamlakatning investitsiyaviy imijini mustahkamlash.
ADM Global O'zbekiston an'anaviy avtomobil yig'ish formatidan kelajak avtomobillarini ishlab chiqarishda to'laqonli ishtirok etishga ishonch bilan qadam qo'yayotgan yangi sanoat davrining drayveriga aylanmoqda.