- Bosh sahifa
- Yangiliklar
Yangiliklar
Changan UNI-E O‘zbekistonda: kengaytirilgan yo‘l bosish zaxira masofasi, texnologiyalar va qulaylik
Bir necha yil oldin elektromobil yangi texnologiyalar ishqibozlari uchun transport vositasi sifatida qabul qilingan edi. Bugun vaziyat o‘zgardi. Xaridorlar nafaqat ekologik toza avtomobil, balki keng salon, zamonaviy jihozlar, yuqori darajadagi xavfsizlik va yaxshi darajadagi yo‘l bosish zaxira masofasiga ega bo‘lishni xohlashadi. Yangi Changan UNI-E aynan shunday bo‘lib chiqdi.
ADM va IZZY O‘zbekistonda yangi avlod mobilligini rivojlantirish uchun sa’y-harakatlarini birlashtirmoqda
Bugungi kunda avtomobil shunchaki transport vositasi emas. Butun dunyoda transport raqamli ekotizimning bir qismiga aylanib bormoqda va bu yerda qulaylik, hamyonboplik va texnologiyaga asoslanganlik birinchi o‘ringa chiqmoqda. Avtomobilga egalik qilishning an’anaviy modeli o‘rniga foydalanuvchilar tobora ko‘proq karshering xizmatlari, transportga obuna bo‘lish, mobil ilovalar va zarur vaqtda kerakli transport turidan foydalanish imkonini beruvchi intellektual yechimlarni tanlamoqdalar.
2026-yil may oyi yakunlari: bozor SUV turkumidagi avtomobillarga e’tibor qaratishda davom etmoqda
2026-yilning may oyida O‘zbekistonda 2 856 dona Kia, CHERY va HAVAL avtomobillari sotildi. Talabning mavsumiy o‘zgarishiga qaramay, bozorning sezilarli qismini hali ham krossoverlar tashkil etmoqda, biroq NEV modellari asta-sekin o‘z ishtirokini kengaytirmoqda
ADM Global Golf Tour: besh bosqich, kuchli o‘yin va O‘zbekistonning xalqaro miqyosga chiqishi
24-may kuni Tashkent Lakeside maydonida ADM Global Golf Tour 2026 mavsumi o‘z nihoyasiga yetib, mazkur tadbir golf ishqibozlari, hamkorlar va loyiha mehmonlarini o‘z atrofiga birlashtirdi. Besh bosqich davomida ishtirokchilar jiddiy tayyorgarlik darajasini namoyish etishdi. Turnir nafaqat sport musobaqasi, balki muloqot, tajriba almashish va O‘zbekistonda golf muhitini rivojlantirish maydoniga aylandi.
ADM Global Golf Tour: golf, netvorking va muloqotning yangicha muhiti
17-may kuni Tashkent Lakeside maydonida turnirning IV bosqichi bo‘lib o‘tdi. Shu kuni tadbirda nafaqat havaskor golfchilar, balki biznes hamjamiyati vakillari, OAV va blogerlar ham ishtirok etib, ular uchun mahorat darsi tashkil etildi.
ADM va yosh mutaxassislarning kelajagi
Kompaniyalar guruhi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni davom ettirmoqda va talabalarni avtomobilsozlik sohasidagi ish bilan tanishtirmoqda. Toshkent davlat transport universiteti da “Avtomobilsozlik va ishlab chiqarish muhandisligi” kafedrasi talabalari uchun xolding vakillari ishtirokida “Karyera kuni” va seminar tashkil etildi.