17.08.2026

Prezident ADM bosh direktorini “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi

Prezident ADM bosh direktorini “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar kuni arafasida ADM kompaniyalar guruhi bosh direktori Daniyar Davletiyarovni “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.

Mukofotlanganlar qatorida mamlakatning turli hududlarida faoliyat yurituvchi 113 nafar biznes vakili o‘rin olgan. Davlat rahbarining farmoyishida qayd etilishicha, mazkur mukofot “respublikaning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, aholi bandligi va farovonligini ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi, shuningdek, biznesda erishgan salmoqli natijalari va ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun” topshirilgan.

Men uchun bu ulkan g‘urur va ADM jamoasining barcha xodimlari ko‘p yillik mehnatining yuksak e’tirofidir. Bizning kompaniyamiz, butun O‘zbekiston avtomobil sanoati kabi, bugungi kunda juda tez rivojlanmoqda. Davlatimiz rahbari mamlakatdagi barcha sifat o‘zgarishlarining drayveri bo‘lgan yo‘nalishni belgilab berayotganidan g‘oyat mamnunman. Prezidentimizning avtomobil sanoatini rivojlantirishga qaratayotgan bunday e’tibori biz uchun yangi natijalarga erishish va oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizni amalga oshirishda muhim turtki bo‘lmoqda, – deb ta’kidladi Daniyar Davletiyarov.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish