06.11.2026

2026-yil oktabr oyi yakunlari: krossoverlar yetakchilikni saqlab qolmoqda

2026-yil oktabr oyi yakunlari: krossoverlar yetakchilikni saqlab qolmoqda

2026-yil oktabr oyida O‘zbekistonda Kia, Chery va HAVAL brendlariga tegishli 3 256 dona avtomobil sotildi. Asosiy talab, avvalgidek, krossoverlar toifasiga to‘g‘ri keldi: sotuv bo‘yicha yetakchi modellar – Kia Sonet, Chery Tiggo 7 Pro va HAVAL M6.

Kia: oktabr oyida 2 000 dan ortiq avtomobil sotildi

2026-yil oktabr oyi yakunlariga ko‘ra, Kia O‘zbekistonda 2 055 dona avtomobil sotdi. Sotuvning asosiy qismi ixcham Sonet krossoveri ulushiga to‘g‘ri keldi – bu modelni 1 714 nafar xaridor tanlashi sababli brend umumiy natijasining 83 foizdan ortig‘ini tashkil etadi. Modellar turkumida, shuningdek, sotuvi sentabr oyi oxirida boshlangan Kia Sonet Prime krossoveri ham mavjud.

Mashhurlik bo‘yicha  ikkinchi o‘rinni Kia K3 sedani egalladi – oy davomida 112 dona avtomobil sotildi. Undan keyingi o‘rinni 77 dona natija bilan K5 biznes-sedani va 72 nafar xaridor tomonidan sotib olingan Sportage krossoveri joylashdi.

Kia’ning qolgan modellari sotuvi quyidagicha taqsimlandi:

  • Sorento – 44 dona krossover;
  • Bongo – 12 dona tijorat avtomobili;
  • Carens – 11 dona krossven;
  • Carnival – 9 dona miniven;
  • Seltos – 2 dona krossover;
  • K8 – 2 dona sedan.

Sonet O‘zbekiston bozorida Kia’ning asosiy modeli bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, K3 brendning sedanlar segmentida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda, keng modellar turkumi esa turli xohish-istaklarga ega xaridorlarning ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.

 

Chery: sotuvlar hajmi 9,6 foizga oshdi, Tiggo 7 Pro o‘z yetakchiligini mustahkamlamoqda

Oktabr oyida Chery brendi O‘zbekistonda 767 dona avtomobil sotuvini amalga oshirdi, ushbu ko‘rsatkich 2026-yil sentabr oyiga nisbatan 9,6 foizga ko‘p bo‘ldi.

Modellar turkumida yetakchi sifatida Tiggo 7 Pro krossoveri namoyon bo‘lib, uni 442 nafar xaridor tanladi. Oldingi oyga nisbatan model sotuvi 18,2 foizga oshishi, ushbu krossoverga yuqori qiziqish mavjudligini tasdiqladi.

Boshqa talabgir modellar qatorida 82 nafar xaridor tomonidan sotib olingan Arrizo 6 Pro sedani va 80 dona natija bilan Tiggo 4 Pro krossoveri hisoblandi.

Qolgan modellar sotuvi quyidagicha taqsimlandi:

  • Tiggo 8 Hybrid va Tiggo 8 Pro – mos ravishda 92 va 9 dona krossover;
  • Arrizo 8 Hybrid – 50 dona sedan;
  • Tiggo 9 Hybrid va Tiggo 9 Pro – mos ravishda 3 va 7 dona krossover;
  • Tiggo 2 Pro – 2 dona krossover.

Brendning gibrid yo‘nalishi alohida e’tiborga loyiqdir. Oktabr oyida 145 dona Chery gibrid avtomobili sotilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich oylik sotuvning deyarli 19 foizini tashkil etdi. Ushbu segmentda eng talabgir model sifatida Tiggo 8 Hybrid bo‘ldi.

Oktabr oyida Chery sotuvining o‘sishi, avvalambor, Tiggo 7 Pro’ga bo‘lgan yuqori talab bilan bog‘liq. Shu bilan birga, gibrid modellarning mavjudligi zamonaviy texnologiyalar va ekspluatatsiya tejamkorligiga qiziqqan xaridorlar uchun tanlov imkoniyatlarini kengaytiradi.

 

HAVAL: M6 sotuvda yetakchi bo‘ldi, Jolion esa xaridorgirligini saqlab qolmoqda

Oktabr oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 434 dona HAVAL avtomobili sotildi. Brendning eng ommabop modeli M6 krossoveri bo‘ldi – oy davomida uni 236 nafar xaridor tanladi, bu esa umumiy sotuv hajmining yarmidan ortig‘ini tashkil etadi.

Ikkinchi o‘rinni 124 dona natija bilan shahar krossoveri – Jolion egalladi. Yana 53 nafar xaridor H6’ni tanladi.

Boshqa modellar sotuvi quyidagicha taqsimlandi:

  • H9 – 11 dona yo‘ltanlamas;
  • Dargo – 5 dona yo‘ltanlamas;
  • H7 – benzinli va gibrid versiyalarda 3 dona avtomobil;
  • GWM Wingle 7 – 2 dona pikap.

HAVAL sotuvining asosiy qismini brendning eng talabgir modellari bo‘lib qolayotgan M6 va Jolion ta’minlamoqda. Shu bilan birga, modellar turkumida H6 va H9’ning mavjudligi krossoverlar va yo‘ltanlamaslar bozorining turli segmentlarini qamrab olish imkonini beradi. An’anaviy benzin dvigateli bilan ham, gibridli kuch qurilmasi bilan ham mavjud bo‘lgan H7 xaridorlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochib bermoqda.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish