Sanoat sohasi bo‘yicha sayohat

ADM JIZZAKH – JIZZAX VILOYATINING SANOAT MARKAZI

Zamonaviy avtomobillar qanday yaratilishi — kuzov ishlab chiqarishdan tortib yakuniy sifat nazoratigacha o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish uchun noyob imkoniyat.

Ekskursiyaga yozilish

SHUNCHAKI ZAVOD EMAS

ADM Jizzakh — Jizzax viloyatining industrial o‘sish markazi va O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati rivojlanishining drayverlaridan biri hisoblanadi.

  • Kia
  • Chery
  • Haval
  • TANK
  • Changan
  • Hyundai Truck & Bus

  • 50 000
  • yiliga dona avtomobil
  • ≈ 3 000
  • nafar xodim
  • 40%
  • ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi

AVTOMOBIL QANDAY YARATILISHINI KO‘RISH

ADM Jizzakh tarixi

G‘oyadan tortib zamonaviy avtomobil ishlab chiqarishgacha

Tashrif buyuruvchilar zamonaviy ishlab chiqarish qanday tashkil etilgani, korxona qurilishi boshida kimlar turgani, bugungi kunda viloyat va butun mamlakat avtomobil sanoati qanday rivojlanib borayotgani bilan tanishadilar.

01 / 05
ADM Jizzakh tarixi

Kuzov ishlab chiqarishi

Har bir detalda aniqlik

Tashrif buyuruvchilar po‘lat listdan kelajak avtomobili kuzovi qanday yaratilishini va robotlashtirilgan liniyalar ishlab chiqarish operatsiyalarining aniqligini qanday ta’minlashini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

02 / 05
Kuzov ishlab chiqarishi

Yig‘uv konveyeri

Kelajakni yaratuvchi harakat

Yig‘ish konveyerida avtomobil yig‘ishning asosiy bosqichlaridan o‘tadi. Tashrif buyuruvchilar ishlab chiqarish jarayonini harakatda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

03 / 05
Yig‘uv konveyeri

Sifat nazorati

Har bir bosqichda ishonchlilik

Mehmonlar ishlab chiqarishda avtomobillar sifatini nazorat qilish qanday amalga oshirilishini ko‘radilar.

04 / 05
Sifat nazorati

Zamonaviy avtomobil qanday tuzilgan

Tashrif buyuruvchilar ADM Jizzakh’da ishlab chiqarilgan avtomobilni qismlarga ajratilgan holda — kuzov elementlari va interyer detallaridan tortib, asosiy uzellar va komponentlargacha tomosha qilishlari mumkin.

05 / 05
Zamonaviy avtomobil qanday tuzilgan

Yodda qoladigan taassurotlar

Tushlik

Zavod oshxonasi taomlaridan tatib ko‘ring va ekskursiyadan so‘ng hordiq chiqaring

Esdalik sovg‘alari

Avtomobil ishlab chiqarishi bilan yaqindan tanishganlik uchun kichik esdalik sovg‘asi

Brend do‘koni

Kundalik hayotingiz uchun ADM belgisi tushirilgan kiyim va aksessuarlarni tanlang

Keldim|Ko‘rdim|Xarid qildim

Keldim Ko‘rdim Xarid qildim

ADM Jizzakh’ga sayohat - kelajakdagi avtomobilingiz qanday yaratilishini ko‘rish imkoniyati

Tashrif ishtirokchilari ADM Jizzakh avtomobillarini xarid qilishning maxsus shartlari bilan tanishishlari mumkin. O‘zingizga yoqqan modelni test-drayv qilish imkoniyatini menejerdan aniqlashtiring

Batafsil ma’lumot olish

ADM Jizzakh’ni o‘z yo‘nalishingizga qo‘shing

Yangi taassurotlar yo‘lida

Toshkentdan Samarqandga, Zomin tog‘lariga yoki Aydarko‘lga sayohat qilyapsizmi? ADM Jizzakh’da to‘xtab, O‘zbekistonning boshqa jihati — sanoat, texnologiyalar va avtomobillarni yaratuvchi insonlar bilan tanishing.

ADM Jizzakh · zavodga ekskursiya

Avtomobillar qanday yaratilishini ko‘rish uchun Jizzax viloyatida bir to‘xtab, so‘ngra sayohatingizni davom ettiring.

Ekskursiyaga yozilish

Sayyohlar uchun qulay yechim

Fincom kompaniyasidan ijaraga olingan avtomobilda sayohat qilishni rejalashtirayotgan sayyohlar uchun ADM Global avtomobil ijarasi va zavodga tashrif buyurishni o‘z ichiga olgan maxsus paketni taklif etadi.

Shartlar bilan tanishish
  • 01
  • Avtomobil ijarasi
  • Yo‘nalish bo‘ylab safar uchun Fincom’dan avtomobil
  • 02
  • ADM Jizzakh’ga ekskursiya
  • Korxonaga alohida shartlar asosida tashrif

ADM Jizzakh’ga xush kelibsiz!

ADM Jizzakh’ga tashrif buyurish uchun ariza qoldiring

Ekskursiyada qanday ishtirok etish mumkin

  1. Ariza qoldiring

    Qisqa shaklga aloqa ma’lumotlaringizni kiriting

  2. Tashrifni kelishib oling

    ADM jamoasi bilan tashrifning qulay sanasi va formatini muhokama qiling

  3. Zavodga tashrif buyuring

    ADM Jizzakh xodimi hamrohligida ishlab chiqarish bilan tanishing