- Bosh sahifa
- Yangiliklar
09.06.2026
2026-yil may oyi yakunlari: bozor SUV turkumidagi avtomobillarga e’tibor qaratishda davom etmoqda
2026-yilning may oyida O‘zbekistonda 2 856 dona Kia, CHERY va HAVAL avtomobillari sotildi. Talabning mavsumiy o‘zgarishiga qaramay, bozorning sezilarli qismini hali ham krossoverlar tashkil etmoqda, biroq NEV modellari asta-sekin o‘z ishtirokini kengaytirmoqda.
Yangi K3 bozorga chiqmoqda, Sonet yetakchilikni saqlab qolmoqda: Kia’ning may oyidagi sotuv natijalari
2026-yil may oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi mijozlarga 1 255 dona Kia avtomobili topshirildi.
Talabning asosiy hajmi an’anaviy ravishda Kia Sonet ixcham shahar krossoveriga to‘g‘ri kelib, u brendning eng mashhur modeli maqomini tasdiqladi. Bir oy ichida 833 dona Sonet avtomobili o‘z egalarini topdi.
Eng ommabop modellar qatoriga Kia K5 va Kia Sportage ham kirdi. K5 biznes-klass turkumidagi sedanining sotuvi 158 dona avtomobilni tashkil etib, bu aprel oyidagi natijadan 9,7 foizga ko‘pdir. Sotilgan Sportage krossoverlar soni 106 donani tashkil etdi.
Brendning qolgan modellari quyidagi natijalarni ko‘rsatdi:
- Sorento – 60 dona krossover;
- Carens – 33 dona krossven;
- Bongo – 24 dona tijorat avtomobili;
- Seltos – 13 dona krossover;
- Cerato – 10 dona sedan;
- K3 – 7 dona sedan;
- K8 – 6 dona biznes-klass sedani;
- Carnival – 4 dona miniven;
- K9 – premium toifadagi 1 dona sedan.
Yangi Kia K3 sedani alohida e’tiborga sazovor. Modelni ishlab chiqarish aprel oyi oxirida ADM Jizzakh zavodida boshlangan, may oyida esa brend O‘zbekiston bozorida sotuvlar boshlanganini rasman e’lon qildi. Yaqin orada ishga tushirilganiga qaramay, birinchi avtomobillar allaqachon o‘z egalarini topdi.
Yangi K3 Kia’ning ixcham sedanlar segmentidagi ishtirokini kengaytiradi va xaridorlarga zamonaviy dizayn, yuqori darajadagi jihozlanish va sinovdan o‘tgan texnik yechimlarni taklif etadi. Model 2026-yilda brendning eng kutilgan taqdimotlaridan biriga aylandi va Kia’ning mamlakat avtomobil bozorining eng ommaviy segmentlaridan biridagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan.
May oyi yakunlari Kia modellar turkumiga xaridorlarning barqaror qiziqishini va turli toifadagi mijozlarga zamonaviy, texnologik va ommabop avtomobillarni taklif qilishga qaratilgan brend strategiyasining samaradorligini tasdiqlaydi.
CHERY: sotuv hajmining o‘sishi, yangi Tiggo 9 Hybrid’ning ilk sotuvlari
May oyida CHERY o‘z xaridorlariga 917 dona avtomobil taqdim etib, bu aprel oyi yakuniga nisbatan 7,1 foizga ko‘pdir.
Eng katta hajmdagi sotuvlarni quyidagilar ta’minladi:
- Tiggo 2 Pro – 336 dona ixcham krossover;
- Tiggo 7 Pro – 262 dona krossover;
- Arrizo 6 Pro – 224 dona sedan, bu 2026-yil apreliga nisbatan 35,8 foizga ko‘pdir.
Shu bilan birga, brend CSH (CHERY SUPER HYBRID) texnologiyasiga ega gibrid avtomobillar segmentida o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda. May oyida xaridorlarning 7,6 foizi quyidagilarni tanlab oldi:
Arrizo 8 Hybrid – 36 dona biznes-klass sedani;
- Tiggo 8 Hybrid – 26 dona krossover;
- Tiggo 9 Hybrid – 8 dona krossover. Ushbu yetti o‘rinli premium toifadagi gibrid dvigatel joriy yilning 30-may kuni taqdim etilgan edi.
Shuningdek, hisobot oyi davomida quyidagilarning sotuvi amalha oshirildi:
- Tiggo 8 Pro – 24 dona krossover;
- Tiggo 9 Pro – 1 dona krossover.
CHERY’ning NEV modellari O‘zbekiston bozorida o‘z mavqeini asta-sekin mustahkamlamoqda.
HAVAL: Jolion sotuvi 19,4 foizga oshdi
May oyida HAVAL 684 dona avtomobil sotuvini amalga oshirdi.
Brendning sotuvlar bo‘yicha yetakchisi sifatida M6 bo‘lib qolmoqda – bir oy ichida 341 dona krossover sotildi. Keyingi o‘rinda 228 dona SUV avtomobil bilan Jolion joylashgan bo‘lib, maskur ko‘rsatkich 2026-yil apreliga nisbatan 19,4 foizga ko‘pdir.
Shuningdek, oy yakuni bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi:
- H6 – 80 dona SUV.
- H9 – 21 dona to‘liq o‘lchamli yo‘ltanlamas;
- Dargo – 12 dona o‘rta o‘lchamli yo‘ltanlamas;
- Wingle 7 – 2 dona pikap.
M6 va Jolion O‘zbekistonda HAVAL avtomobillariga bo‘lgan talabning sezilarli qismini ta’minlashda davom etmoqda.