- Bosh sahifa
- Yangiliklar
14.10.2025
ADM Global yangi Chery Arrizo 8 Hybrid flagman sedanini taqdim etdi
2025-yil 11-oktabrda Toshkentda yangi Chery Arrizo 8 Hybrid biznes-sedani — Ozbekistonda brendni rivojlantirishda yangi sahifa ochadigan texnologik va samarali modelining tantanali taqdimoti bolib otdi.
Chery avtomobil brendining Ozbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblangan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan tadbir ZorTV telekanalining Renaissance Hall zalida bolib otdi va avtomobilsozlik sohasi vakillari, hamkorlar, blogerlar va brend muxlislarini jamladi. Taqdimot texnologiya, yorqinlik, musiqa va his-tuygularni birlashtirgan haqiqiy shouga aylandi.
Mehmonlarni fotosurat maydonlari, kozguli yolaklar va interaktiv installyatsiyalardan iborat neonli muhit kutib oldi. Kechaga DJ-setlar, akrobatik sahnalar va Reginight jamoasining raqs chiqishlari hamrohlik qildi hamda chiroqlar shousi ostida yangi Chery Arrizo 8 Hybrid modelining yorqin ochilishi bilan yakunlandi. Mashhur xalqaro Morandi guruhi tadbirning xedlayneri bolib, uning chiqishi kechaning yorqin yakuni boldi va ushbu tadbirga bayramona kayfiyat bagishladi.
ADM Global bosh direktori Doniyor Davletiyarovning ta'kidlashicha:
"ADM Jizzakh zavodida birinchi Chery gibrid avtomobilining ishlab chiqarilishi korxonamiz rivojlanishida muhim bosqich sifatida namoyon boldi. Bu ishlab chiqarish jarayonlarini jiddiy modernizatsiya qilish va yangi texnologiyalarni joriy etish natijasidir.
Biz Ozbekiston avtomobilsozlik sanoatining ekologiya, innovatsiya va sifatga yonaltirilgan global transformatsiyasining bir qismiga aylanayotganidan faxrlanamiz. Bizning kelajagimiz — bu yangi texnologiyalar, yangi bozorlar, yangi imkoniyatlar.
Bizning asosiy ustuvor vazifamiz — kadrlarni rivojlantirish. Bizga 2000 dan ortiq muhandislar zarur boladi va biz istiqboldagi mutaxassislarini tayyorlash uchun oz R&D markazimizni yaratishga faol investitsiyalarni kiritmoqdamiz.
Bizning keyingi bosqichimiz — CKD PHEV/IYoD (ichki yonuv vdvigatel) ni ishga tushirish: an'anaviy va gibrid texnologiyalarni mujassamlashtirgan platformalarni birlashtirish".
Oz navbatida, ADM Global kompaniyalar guruhi ta'sischilaridan biri Murod-Mirzo Sharipov sozlariga kora, "Ozbekiston bugungi kunda investitsiyalar va yuqori texnologiyali loyihalar uchun qulay sharoitlar yaratib, jadal rivojlanmoqda. Ishonamizki, Arrizo 8 Hybrid'ni ishga tushirish kabi tashabbuslar nafaqat Chery va ADM Global'ning mavqeini mustahkamlaydi, balki texnologiyalar va barqarorlik yonma-yon bolgan istiqbolni shakllantirib, mamlakatning butun avtomobil sanoatini rivojlantirishga hissa qoshadi".
"Arrizo 8 Hybrid taqdimoti Ozbekistonda Chery uchun yangi davrning boshlanishidir. Bu ADM Jizzakh zavodida ishlab chiqarilgan brendning birinchi gibrid avtomobili bolib, yanada ekologik toza va intellektual texnologiyalarga otish timsoli sifatida boladi, — dedi Chery Uzbekistan direktori Pyer-Eli Dolua. — Biz Ozbekiston — yosh, dinamik, innovatsiyalarga ochiq jamiyatga ega mamlakat jadal rivojlanayotganini korib turibmiz. Va biz bu taraqqiyotga bolgan intilishni birgalikda baham koramiz. Chery Arrizo 8 Hybrid bizning kelajak haqidagi tasavvurimiz: mahalliy bozor uchun maxsus yaratilgan qudrat, samaradorlik va raqamli yechimlarning uygunligini ozida mujassam etadi. Bu nafaqat kompaniyamiz, balki butun mamlakat avtomobilsozlik sanoati uchun oldinga tashlangan qadamdir".
Quvvat va intellekt bir kuzovda mujassam
Yangi Chery Arrizo 8 Hybrid brend falsafasining timsoliga aylandi — uslub, intellekt va ekologik texnologiyalarni birlashtiradi. Ushbu old gildirakli avtomobil eng yuqori quvvati 347 ot kuchiga ega 1,5 litrli zamonaviy turbinali kuch agregati (PHEV) hamda 1DHT maxsus gibridli transmissiya bilan jihozlangan. Mazkur avtomobil 100 km/soat tezlikka 7,3 soniyada erishadi va elektr tortish kuchining ozida 125 km yoki atigi 3,9 l/100 km bilan ortacha sarfda Ozbekistonning haqiqiy yol sharoitlarida 1463 km gacha harakatlana oladi.
Bejirim dizaynga 18 dyuymli yengil qotishmali diskalar, LED optika va panoramali tom qismi qoshilgan bolib, interyer texnologiya jihatdan zamonaviylik va qulaylikni ozida mujassam etgan: raqamli qurilmalar paneli va 12,3 dyuymli multimedia-displey, 12 dona dinamiklarga ega SONY audio tizimi, jumladan, sabvufer, orindiqlar ventilyatsiyasi, ikki hududli iqlim-nazorati va AQS havo tozalash tizimi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, multimedia tizimi Ozbekiston bozoriga toliq moslashtirilgan bolib, ozbek va rus tillarida mavjud.
Zamonaviy xavfsizlik va qulaylik
Arrizo 8 Hybrid'da xavfsizlikka alohida e'tibor qaratilgan. Sedan onta xavfsizlik yostiqchalari, shu jumladan haydovchi va oldingi yolovchi uchun tizza yostiqchalari — bu oz turkumidagi mavjud bolgan eng yuqori darajadagi himoya bilan jihozlangan.
Gibrid tizim batareyasi IP68 yuqori zichlik toifasiga ega, chang va namlikka chidamli va suvga toliq botishga bardosh bera oladi. Toqnashuv sodir bolganda, yuqori kuchlanishli elektr ta'minoti atigi 2 millisekundda uziladi va qisqa tutashuv xavfini bartaraf etadi.
Energiya yutuvchi qatlamlarga ega mustahkam polat korpus va har besh daqiqada 800 dan ortiq tekshiruvni amalga oshiradigan intellektual oz-ozini diagnostika qilish tizimi tengsiz bolgan himoya darajasini yaratadi.
Moslashuvchan kruiz-nazorati, yol qismida ushlab turish, 360° doira boylab korish va Avtomat tarzda tormozlash tizimlari har bir safarmi hatto joshqin bolgan shahar sharoitida ham maksimal darajada qulay va xavfsiz qiladi.
Komplektatsiya va narxlar
Arrizo 8 Hybrid ikki xil komplektatsiyalarda taqdim etilgan:
- Lyuks — 344 900 000 som
- Premium — 364 900 000 som
Ikkala versiya ham Chery flagman modellariga xos bolgan texnologiya, bejirim dizayn va yuqori darajadagi jihozlanishni ozida mujassam etgan.
Arrizo 8 Hybrid taqdimoti mamlakatdagi avtomobil yilining eng yorqin voqealaridan biriga aylandi va Chery'ning mijozlarga jahon darajasidagi zamonaviy va texnologik yechimlarni taklif qilish orqali Ozbekiston bozoridagi mavqeini mustahkamlashga intilishini namoyon qildi.