Zavod haqida

ADM Global kompaniyalar guruhiga kiruvchi ADM Jizzakh zavodi – O‘zbekistonda xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan birinchi avtomobil zavodidir.

2021-yilning mart oyi – SKD-zavodining ishga tushirilishi.

2024-yil 27-mart – CKD-zavodi ishga tushiriligan, Kia Sonet esa maksimal darajadagi mahalliylashtirilish asosida ishlab chiqilgan birinchi avtomobil modeli bo‘ldi.

2025-yil 26-dekabr kuni ADM Jizzakh zavodida yangi CKD zavodi – yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar (New Energy Vehicles – NEV), jumladan, elektromobillar va gibrid modellarni yig‘ish amalga oshiriladigan makon qurilishiga start berildi.

2026-yil 27-aprel – ADM Jizzakh zavodida CKD texnologiyasi asosida yangi Kia K3 modelini ishlab chiqarish boshlandi.