11.11.2026

ADM Jizzakh sanoat turizmini rivojlantirmoqda va avtomobil zavodiga tashrif buyurishga taklif qilmoqda

ADM Jizzakh sanoat turizmini rivojlantirmoqda va avtomobil zavodiga tashrif buyurishga taklif qilmoqda

ADM Jizzakh avtomobil zavodi O‘zbekistonda sanoat turizmini rivojlantira boshlagan birinchi sanoat korxonasidir. Kuni kecha Yard Business Club klubi tadbirkorlari innovatsion avtomobil ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishish uchun tashrif buyurishdi.

Biznes hamjamiyati vakillariga avtomobillarni yig‘ishning to‘liq sikli va zavodning texnik imkoniyatlari namoyish etildi. Mehmonlar CKD (to‘liq ishlab chiqarish sikli) va SKD (yirik uzelli yig‘ish) liniyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ADM Jizzakh mutaxassislari avtomobillar sifatini nazorat qilish bosqichlari, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish jarayonlari va butlovchi qismlarni mahalliylashtirish ko‘lamini tushuntirib berishdi.

ADM Jizzakh’ga tashrif sanoat turizmi dasturini rivojlantirish doirasida amalga oshirildi. Bugungi kunda har bir kishi avtomobillarning yaratilish jarayonini va zamonaviy avtozavodning ish jarayonini ichkaridan o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi mumkin.

ADM Jizzakh’ning eshiklari sayyohlar, talabalar, zavodda ishlab chiqarilgan avtomobillarning bo‘lajak xaridorlari, shuningdek, O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni rivojlantirishga qiziquvchi barcha uchun ochiq. Sanoat safari haqida batafsil ma’lumotni ADM Global veb-saytidan olishingiz mumkin.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish